DunyoM.uz

Telefon: +998 (75) 226-52-52

Jamiyat tarixi

DUNYO-M” aksiyadorlik jamiyati Karshi shaxri Shayxali koʻrgoni xududida 1973-yilda kurib foydalanishga topshirildi.
Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshkarish va tadbirkorlikni koʻllab-kuvvatlash koʻmitasi Kashkadaryo viloyat xududiy boshkarmasining 1994-yil 12-oktyabrdagi 588-sonli buyrugiga asosan davlat korxonasi – Karshi don maxsulotlari korxonasini xususiylashtirish yoʻli bilan tashkil kilingan va jamiyat aksiyadorlarining 2003-yil 10-yanvarda oʻtkazilgan umumiy yigilish karoriga binoan “Dunyo-M” ochik; aksiyadorlik jamiyati deb yuritilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq “DUNYO-M” aksiyadorlik jamiyati deb ataladi. “DUNYO-M” aksiyadorlik jamiyati qisqartirilgan holatda, davlat tilida: “DUNYO-M” AJ; rus tilida: AO “Dunyo-M” deb yuritiladi.
“DUNYO-M” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish quvvati qoʻyidagicha:
– Sutkasiga loyiha quvvati 500 tonna boʻgʻdoyni qayta ishlaydigan 1988-yilda Shveysariyaning Byuller firmasi letsenziyasi asosida qayta rekonstruksiya qilingan tegirmon sexi va shu tegirmon sexida 240 tonna unni qopsiz saqlash ombori xamda sex bilan yonma-yon joylashgan 8140 tonna qoplangan unni saqlash sigʻimiga ega boʻlgan tayyor mahsulotlar ombori bor;
-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007-yil 19-fevraldagi “Respublikada omixta yem sanoatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 38-sonli qaroriga asosan Gollandiyadan keltirilgan zamonaviy omixta yem ishlab chiqarish uskunalari bilan 2007-yil noyabr va 2008-yil mart oylari davomida qayta rekonstruksiya qilingan sutkasiga loyiha quvvati 305 tonna omixta yem ishlab chiqarish quvvatiga ega omixta yem sexi mavjud;
– ushbu omixta yem sexida 10 000 tonna xom-ashyo, 960 tonna kepak xamda 2400 tonna tayyor omuxta-yem saqlash uchun muljallangan saqlash sigʻimiga ega boʻlgan omborxona mavjud;
– 1973-yilda qurib ishga tushirilgan umumiy bugʻdoy saqlash sigʻim xajmi
90 000 tonnaga teng boʻlgan 5 korpusdan iborat elevator 1 sexi bor;
– 1974-yilda qurib ishga tushirilgan umumiy bugʻdoy saqlash sigʻim xajmi
48 000 tonnaga teng boʻlgan 3 korpusdan iborat elevator 2 sexi bor;
-“Oʻzdonmaxsulot” AKning 2005-yilgi manzilli qurilishlar dasturiga asosan Xitoy texnologiyasi boʻyicha korxonada 2005-yilda yillik ishlab chiqarish quvvati 5 000 000 dona polipropilen qop ishlab chiqaradigan xalta sexi qurib ishga tushirildi.
– “DUNYO-M” AJ da 2 ta makaron ishlab chiqarish sexlari mavjud boʻlib, Ukraina davlatidan keltirilgan yangi zamonaviy AVM rusumli makaron ishlab chiqarish liniyasi uskunalari sushilkalari bilan komplekt qilib jixozlangan. Xozirgi kunda makaron sexlarimizdan axoli extiyojlari va talablaridan kelib chiqib qadoqlangan xolda turli xildagi makaron mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda;
– “Oʻzdonmaxsulot” AKning 2008-yilgi manzilli qurilishlar dasturiga asosan korxonaga sutkasiga 15 tonna arpani qayta ishlab perelovka (arpa yormasi) ishlab chiqaradigan Ukrainaning Mogilev-Podolsk shaxridagi S.M.Kirov nomidagi mashina stroitelnыy zavod bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali korxonaga Minikrupotsex R6-MKS-15 olib kelib urnatildi va xozirgi kunda viloyatimiz axolisi extiyoji uchun perelovka maxsulotlari ishlab chiqarilmokda;
– “Oʻzdonmaxsulot” AKning 2005-yilgi manzilli qurilishlar dasturiga asosan korxonaga qarashli Shaxrisabz shaxridagi “Shaxrisabzdon” filiali don qabul qilish maskanida sutkasiga 55-60 tonna bugʻdoyni qayta ishlaydigan Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan 4 valsevoy stanokli tegirmon sexi qurib ishga tushirildi;
-“Shaxrisabzdon” filialida mavsumiy don qabul qilish uchun 6000 tonnalik asfalt maydonlar, 5000 tonnalik urugʻlik omborlari, 9000 tonnalik omborlar va 1000 tonnalik ayvonlar bor;
– “Oʻzdonmaxsulot” AKning 2008-yilgi manzilli qurilishlar dasturiga asosan “Shaxrisabzdon” filialidagi ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 150 tonna boʻlgan urugʻlik sexi Rossiyaning “Voronejselmash” zavodidan olib kelingan yangi zamonaviy uskunalar bilan qayta rekonstruksiya qilindi;

Lotin — Кирил, [16.11.2022 10:22]
-“Oʻzdonmaxsulot” AKning manzilli qurilishlar dasturiga asosan 2009-2010-yillarda gaz bilan ishlaydigan Germaniyaning “Vaxtel” kompaniyasida ishlab chiqarilgan sutkasiga 1500 kg non ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan zamonaviy non pishirish minipekarnыy sexini korxonaga qarashli Qarshi shaxridagi “Issiqnon-Navqat” shuʼba korxonasi issiq non sexiga olib kelib urnatildi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarini koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish xamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi № 842-sonli qarori va “Oʻzdonmaxsulot” AK ning 2009-yil 30-dekabrdagi № 46sonli qaroriga asosan naslli qoramol sotib olish xamda ishchi xizmatchilarni arzon goʻsht va sut maxsulotlari bilan taʼminlash maqsadida, korxonaga qarashli “Bibixonim-Goʻshtsut” shuʼba korxonasi tomonidan 2010-yilda 100 bosh naslli koramol sotib olindi;
– “Oʻzdonmaxsulot” AKning manzilli qurilishlar dasturiga asosan 2005-yilda “DUNYO-M” AJ tasarrufidagi Kasbi tumanida joylashgan Shakarjuy don qabul qilish maskanida umumiy sigʻimi 10000 tonnalik gʻalla qabul qiladigan ayvon qurildi, shuningdek kompaniyaning 2010-yildagi manzilli qurilishlar dasturiga asosan yana bitta 10000 tonnalik gʻalla qabul qiladigan ayvon qurildi va shu maskandagi urugʻlik don tayyorlash sexini kompaniyaning manzilli qurilishlar dasturiga asosan 2009-yilda Rossiyaning “Voronejselmash” zavodidan keltirilgan yiliga 10000 tonna urugʻlik gʻalla tayyorlash quvvatiga ega boʻlgan zamonaviy uskunalar bilan kayta jixozlandi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009-yil 24-dekabrdagi “2010-yilda yangi joylarni yaratish va axoli bandligini taʼminlash dasturlari” 02/2-132-sonli yigilish bayonnomasiga asosan 2010-yilda Shakarjuy don qabul qilish maskanida Turkiyada ishlab chikarilgan 4 valsevoy stanokli sutkasiga 55-60 tonna bugʻdoyni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan tegirmon sexi ishga tushurildi;
-“Oʻzdonmaxsulot” AKning manzilli qurilishlar dasturiga asosan 2012-yil Shakarjuy don qabul qilish maskanida 5000 tonnalik urugʻlik don saqlash uchun ayvon qurildi;
-“Oʻzdonmaxsulot” AKning manzilli qurilishlar dasturiga asosan 2006-yilda “DUNYO-M” AJ tasarrufidagi Mirishkor tumanida joylashgan Yangiobod don qabul qilish maskanida umumiy sigʻimi 10000 tonnalik gʻalla qabul qiladigan ayvon qurildi;
-“Oʻzdonmaxsulot” AKning manzilli qurilishlar dasturiga asosan 2007-yilda “DUNYO-M” AJ tasarrufidagi Mirishkor tumanida joylashgan “Baxoristondon” filialida umumiy sigʻimi 10000 tonnalik gʻalla qabul qiladigan ayvon qurildi;
-“Oʻzdonmaxsulot” AKning manzilli qurilishlar dasturiga asosan 2011-yilda Nishon don qabul qilish maskanida fermerlardan qabul qilingan gʻallani sifatli saqlash uchun 10000 tonna gʻalla joylashadigan yopiq sigʻim qurilib ishga tushirildi;
-“Oʻzdonmaxsulot” AKning manzilli qurilishlar dasturiga asosan 2012-yilda Nishon don qabul qilish maskanida Germaniyaning Petkus texnologiyasi boʻyicha jixozlangan quvvati sutkasiga 250 tonna urugʻlik don tayyorlab beruvchi yangi urugʻlik sexi qurib ishga tushirildi.
Jamiyat ustav jamgʻarmasi qreditorlar manfaatlarini kafolatlovchi jamiyat mulkining eng kam miqdorini belgilaydi va 11 266 272 000 (oʻn bir milliard ikki yuz oltmish olti million ikki yuz yetmish ikki ming) soʻmni tashkil etadi, mazkur jamgʻarma 5 633 136 (besh million olti yuz oʻttiz uch bir yuz oʻttiz olti) dona, egasining nomi yozilgan, oddiy va imtiyozli aksiyalarga boʻlingan, har bir aksiyaning nominal qiymati 2000 (sakkiz ming) soʻmga teng.
Jamiyat quyidagi turdagi aksiyalarni chiqargan va joylashtirgan:
–5 623 432 (besh million olti yuz yigirma uch ming turt yuz uttiz ikki) dona, har birining nominal qiymati 2000 soʻmga teng 11246864000 soʻm miqdordagi oddiy, egasining nomi yozilgan aksiyalar;
–9 704 (toʻqqiz ming yetti yuz toʻrt) dona, har birining nominal qiymati 2000 soʻmga teng 19408000 soʻm miqdordagi imtiyozli, egasining nomi yozilgan aksiyalar.